
Xavi o‘z o‘yinchisi uchun “Chelsi” yulduzini olishdan voz kechdi
“Barselona” rahbariyati “Chelsi” bilan shartnomasi yakunlanish arafasida turgan Antonio Ryudiger uchun kurashdan chiqdi.
Kataloniyaliklar asosiy e’tiborini 23 yoshli himoyachi Ronald Arauxo bilan yangi bitim tuzishga qaratadi. Bundan tashqari, Xavi “Chelsi”ning erkin agentga aylanayotgan bshqa himoyachisi Andreas Kristensenni Kataloniyaga kelishga ko‘ndirib qo‘ygan.
Arauxo klubning bir necha taklifini rad etdi. Unga kataloniyaliklar bir mavsum uchun 5 million evro atrofida maosh va’da qilgandi.
Urugvaylik himoyachiga xaridor bo‘layotgan “Manchester Yunayted” agar Arauxo jamoa safiga qo‘shilsa, 10 million evro maosh olishini uqtirmoqda.
Fikrlar