Xavi Simons "Tottenxem"dan ketishi mumkin!
"Tottenxem"ning yosh iqtdior egasi Xavi Simons bu yozda jamoani tark etishi mumkin.
Manbalarning ma'lum qilishicha, agarda jamoa APLdan tushib ketadigan bo'lsa, u ketadi. Futbolchining o'zi ham buni inkor etmayapti, shuningdek uning agenti ham bundan xabardor. Simonsning ustuvor vazifasi Evropada eng yuqori darajadagi musobaqalarda o'ynashdir. Niderlandiyalik futbolchi keyingi mavsumda Evropa futbolida o'ynashni xohlaydi va Chempionshipda o'ynash variantini ko'rib chiqmayapti.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli yarim himoyachi bu mavsum “shporlar” safida 9 ta o'yin o'tkazib bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar