Xavi va Laporta qolishini xohlayotgan futbolchi "Barsa"dan ketishi mumkin

  • 23 aprel, 2022, 16:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Robertoning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

Tecno

Jurnalist Gabriel Sansning xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi o‘z vakillari bilan Kataloniya klubining yangi shartnoma bo‘yicha yangi taklifini o‘rganib chiqdi va muzokaralarni ularning ixtiyoriga qoldirdi. Robertoning bor e’tiborini jarohatidan tiklanishga qaratmoqchi

Manbaga ko‘ra, futbolchida to‘liq tushkun kayfiyat hukm surmoqda. Agar jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmasa, u yozda “Barsa”dan ketadi.

Qayd etilishicha, bosh murabbiy Xavi hamda prezident Joan Laporta Roberto faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni xohlaydi, ammo klub sport direktori Mateu Alemani buni istamagan va shu sababli futbolchiga "juda past" taklif bilan chiqqan.

30 yoshli Serxi Roberto joriy mavsum “Barselona” safida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!