
Xavining “Barsa”dan ketishiga “Real” sababchi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes hali bir yarim yillik shartnomasi bo‘lishiga qaramay, mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishini e’lon qildi.
Mundo Deportivo nashriga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Ispani Superkubogi finalida “Real”dan uchralgan 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin shu qaror kelgan.
Manbaning ta’kidlashicha, Xavining bu qaroriga jamoada o‘yin nuqtai nazaridan o‘sish kuzatilmayotgani va klub rahbariyati vakillari orasida uni tanqid ostiga olayotganlarning ko‘payib borayotgani ham sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Xavi “Barsa”dan ketish haqidagi qarorini Superkubok finalidan keyin ommaga e’lon qilmoqchi bo‘ldi. Biroq uning atrofidagilar jamoa Ispaniya kubogi yarim finaliga chiqish imkoniga ega ekanini aytib, uni fikridan qaytargandi.
Ammo “Barselona” musobaqaning chorak finalida “Atletik”dan 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, mamlakat kubogi uchun kurashdan ham chiqib ketdi.
Kataloniyaliklar Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Vilyarreal”ga o‘z maydonida 3:5 hisobida yutqazgani Xaviga nisbatan muxlislar tomonidan hushtakbozliklar bo‘lishiga olib keldi.
Fikrlar