"Xavokand" ustozi: "Guruhimizda "Andijon"ning o‘yini menga ancha ma’qul keldi. Baribir daraja bilin di"

  • 27.05.2026 00:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Xavokand” – “Andijon” (1:8) oʻrtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samandar Meliboev qatnashdi.

- Avvalo, butun Oʻzbekiston xalqini Qurbon Hayit bayrami bilan tabriklayman. Ōyinga keladigan boʻlsak, har safar aytyapmiz, baribir klass – bu klass. Bu bilintryapti. Bizda havaskorlar va futbolga noprofessional yondashishyapti. Mayda-chuyda detallarga ham eʼtibor berib, katta futbolni unutib qoʻyishyapti. Hakamlarga gapiradim-ey...Xullas, “Andijon” va “Nasaf”ni guruhdan chiqishgani bilan tabriklayman. Kuchimiz yetmadi. Lekin bizni qoʻllab-quvvatlagan muxlislarga, tashkilotchilarga, Qoʻqon stadioniga, rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman.

- “Andijon”ga qarshi oʻyinda tajriba borasida aynan nima oʻrgandik, deb oʻylaysiz?

- Birgina shu oʻyin emas, uchta oʻyin oʻtkazdik. Biz 10 kun davomida katta futbolda yurdik. Ōtgan yili ikkinchi ligada oʻynagandik. Bu yil birinchi ligaga chiqdik va hali unga moslashmasdan turib Superliga klublariga qarshi oʻynadik. “Andijon” juda yaxshi saviyada ketyapti. Ōz oʻyinini tiklab oldi. Yuqori darajasida turibdi. Guruhimizda “Andijon”ning oʻyini menga ancha maʼqul keldi. Baribir daraja bilindi. Futbolga haqiqiy yondashishi boshqacha. “Andijon”da terma jamoaga munosib futbolchilar borligi koʻrinib turibdi. Biz koʻp narsa oldik, nafaqat futbolchilar, balki oʻzimiz ham koʻproq nimani ustida ishlashimiz kerakligi va kamchiliklarimizni bilib oldik.  

- “Xavokand” dastlab “Nasaf”ga 6:1, keyin “Shoʻrtan”ga 1:4 hisobida yutqazdi. “Andijon”ga qarshi bellashuv oldida natijani yana yiriklashib ketishi mumkinligidan qanchalik xavotirda edingiz?

- Xavotir boʻldi. Doim shunaqa yirik hisobda yutqazaverish ham hech kimga yoqmaydi. “Andijon” ham bor kuchi bilan oʻynadi, 1- oʻringa kurashdi, bu bilinib turdi. Ularga koʻp gollar kerak boʻlgan ekan, shuning uchun harakat qilishdi. Yarim kuch bilan oʻynashmadi. Shijoati ham koʻrinib turdi. Oxirigacha astoydil oʻynadilar. Himoyamizda ancha ish qilishimiz kerak ekan. Kōproq gollar boʻlib ketishi boʻyicha xavotirimiz bor edi. Shu narsa boʻldi. Shunaqa qilib tajriba orttiramiz-da. Shundan toʻgʻri xulosa chiqarib, birinchi liga oʻyinlariga yondashishimiz kerak.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!