“Xayr, Bavariya!”

  • 20 noyabr, 2020, 18:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” etakchilaridan biri Jerom Boateng Myunxen klubini tark etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Tecno

- Men yangi shaharlar, odamlar va madaniyatlar bilan tanishishni yaxshi ko‘raman. Bir joyda uzoq o‘tira olmayman. Menga Parij, London va Evropadan tashqarida bo‘lgan shaharlar qiziq. Yangi chaqiruvlarga tayyorman. Hozir ajoyib sport formasidaman. So‘nggi oylarda jamoaga ko‘p yordam berdim.

Ketish vaqti kelganida men ortga qarab, “Bavariya” bilan qo‘lga kiritgan sovrinlarimdan faxrlanaman. Bunaqasi har kimga ham nasib qilavermaydi. Oldinga boqqanimda esa, yangi umidlar paydo bo‘laveradi, - dedi Jerom Boateng.  

Joriy mavsum oxirida Boatengni klub bilan shartnomasi yakunlanadi. Rahbariyat 32 yoshli futbolchiga yangi bitim taklif qilmaydigan bo‘ldi. Hozircha, Boatengni “Chelsi”, “Arsenal” va “Tottenxem” kabi jamoalar o‘z safida ko‘rishni istayapti.

Muhammad Saloh endi “Liverpul”ga yordam bera olmaydi

Gvardiola nega “Siti”da qolganini aytdi

Rasman! Gvardiola “Siti” bilan yangi shartnoma imzoladi. Uning muddati qachongacha? (foto)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!