Asosiy mazmunga oʻtish

Avto/Moto

Xemilton Formula-1 rekordini o‘rnatdi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Lyuis rekordlarni yangilashda davom etmoqda.

"Mercedec-Benz" poygachisi Lyuis Xemilton Italiya gran-prisida rekord darajada tezkorlik namoyish etdi.

6 karra jahon chempioni hal qiluvchi aylanalardan birini 1.18,887 daqiqada bosib o‘tdi. E’tiborlisi, u butun aylana bo‘yicha o‘rtacha - 264,362 km/soat tezlikda harakat qildi va Kimi Raykkonen tomonidan 2018 yilda o‘rnatilgan rekordni urdi.

Britaniyalik sportchi turnir jadvalida 157 ochko to‘plagan holda, 1-pog‘onada bormoqda. Shuningdek, uning hisobida 5 ta g‘alaba mavjud.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q