Xet-trikka erishgan Ronaldu aqlli gap aytdi

  • 17 aprel, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi uchta goli bilan jamoasining “Norvich Siti” ustidan 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Uchrashuvdan so‘ng portugaliyalik yulduz o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

G‘alaba qozonib, premer-ligada yana oldinga yurishni boshlaganimizdan mamnunman. Avval aytganimdek, shaxsiy natijalar jamoaga yordam bergandagina ahamiyat kasb etadi. Faoliyatimdagi 60-xet-trik bizga uch ochko keltirgani bilan muhim bo‘ldi.

Yigitlar, zo‘r ishladik, hamma g‘alaba o‘z hissasini qo‘shdi. Biz taslim bo‘lmaymiz va oxirigacha kurashamiz, - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.

Ronaldu Manchesterga qaytganidan beri Angliya premer-ligasida 25 ta uchrashuvda 15 ta gol urdi. Shuningdek, Chempionlar ligasidagi ettita uchrashuvda o‘z hisobiga oltita aniq zarba yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!