Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Xitoydagi boks oqshomida hamyurtimiz mag‘lubiyatsiz kelayotgan bokschi ustidan g‘alaba qozondi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Kamron Eshmatov Xitoyda ringga ko‘tarildi.

Kecha, Xitoyning Foshan shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.

Mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik Kamron Eshmatov ham ringga ko‘tarildi. Javlon Eshmatov hamda Sardor Razzaqov shogirdi bo‘lgan yurtdoshimiz ugandalik mag‘lubiyat bilmay kelayotgan David Ssemujjuga (5-0) qarshi bahs yuritdi. 8 raundlik qilib belgilangan ushbu qarama-qarshilik to‘liq davom etdi. Yakunda, raundlar mobaynida yaqqol ustunlik qilgan hamyurtimiz haqli tarzda g‘alaba qozondi va raqibiga 5 g‘alabali seriyadan so‘ng, ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi.

E’tiborli jihati, yurtdoshimiz 7 ta jangini engil vazn (61,2 kg) toifasida o‘tkazgandi. Bu safar esa yarim o‘rta vazn (66,6 kg) toifasida ringga ko‘tarildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q