Xoakin Bakli: "Endi xatolar ustida yana ham qattiqroq ishlayman"
Ahmadbek Eshmatov
Amerikalik UFC jangchisi nigeriyalikka qarshi bo‘lib o‘tgan bahs haqida gapirdi.
Amerikalik UFC jangchisi Xoakin Bakli nigeriyalik Kamaru Usmanga qarshi bo‘lib o‘tgan bahs haqida gapirdi.
"Kamaru Usmanga respekt. Siz - chinakam afsonasiz, barcha davrlarning eng yaxshilaridansiz. Bizning to‘qnashuvimizda mening qo‘lim baland ko‘tarilmadi, biroq bundan xafa emasman. Aksincha, bu men uchun saboq bo‘ldi. Endi xatolar ustida yana ham qattiqroq ishlayman" - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Home of Fight".
Eslatib o‘tamiz, "UFC on ESPN 69" turnirida Bakli hakamlarning qaroriga ko‘ra Usmandan mag‘lubiyatga uchradi.

Izohlar (0)