Xo‘janazar Nortojiev ancha kuchli bokschini engishga muvaffaq bo‘ldi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning chorak finalida 11 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishi belgilangandi.
-57 kg da hamyurtimiz Xo‘janazar Nortojiev armanistonlik ancha kuchli raqib - Jirair Sarisyanni ochkolar evaziga taslim etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi - 4:1.
Eslatib o‘tamiz, yana bir iqtidorimiz Javohir Ummataliev va Artyom Ageev (Serbiya) qarama-qarshiligi kutyapti.
Fikrlar