Xo‘jayинlar g‘azabda! Klub rahbariyatini tanqid qilgan murabbiy haydalishi kutilyapti

  • 18.01.2026 20:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Kristal Pэlas” klubi kuzatuv kengashi raisi Stiv Pэrish jamoa bosh murabbiyi Oliver Glasnerning klub rahbariyatiga qaratilgan tanqidiy bayonotlaridan so‘ng qattiq g‘azablangani aytilmoqda.

Bu haqida Sky Sports xabar bermoqda.

Londonliklar avstriyalik murabbiyni ishdan bo‘shatish variantni ham ko‘rib chiqmoqda.

Glasner Angliya Premier-ligasining 22-turida “Sanderlend”ga qarshi o‘yindan (1:2) keyin jamoa sardori Mark Gehining ushbu bahsga bir kun qolganida “Manchester Siti”ga sotib yuborilganini keskin tanqid qilgan edi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Pэrish Glasnerning “klub bizni taqdir ixtiyoriga tashlab qo‘ydi”, degan so‘zlaridan norozi bo‘lgan. Shuningdek, murabbiy yozda yarim himoyachi Eberechi Ezening “Arsenal”ga huddi hozirgiga o‘xshash sharoitda sotilganini ham esga olgan.

Glasner ta’kidlaganidek, u o‘yin davomida futbolchi almashtirish orqali vaziyatga ta’sir qila olmaydi, chunki jamoa ixtiyorida atigi 12–13 nafar futbolchi bor, zahira o‘rindig‘ida esa deyarli yosh bolalar o‘tiribdi.

Xabar qilinishicha, endi “Kristal Pэlas” rahbariyati Glasnerni darhol ishdan bo‘shatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq murabbiy mavsum oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirishni istamasligini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yozda “Liverpul” Mark Gehini xarid qilishga yaqin bo‘lgan, ammo Glasner iste’fo bilan tahdid qilib, bu transferni to‘xtatgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!