Xokkey. "Humo-2" 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 21 dekabr, 2019, 17:44
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo-2" jamoasi o‘z maydonida Rudniyning "Gornyak" klubini qabul qildi va 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 29-daqiqada Roman Serafimovich mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa rudniyliklar Evgeniy Steapnovning golidan so‘ng muvozanatni tiklashga erishdi.

46-daqiqada Sulayman Suleymanov va Ruslan Amirovlarning uzatmasidan so‘ng Vasiliy Aniskin "Humo-2"ga g‘alaba keltirgan shaybani raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Shu tariqa, toshkentliklar hisobidagi ochkolar soni 45 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

25 va 26 dekabr kunlari Aleksandr Ageev shogirdlari "Almati" jamoasi mehmoni bo‘lishadi.

"Humo-2 (Toshkent) - "Gornyak" (Rudniy) 2:1 (0:0, 1:1, 1:0)

1:0 - Serafimovich - 29:32
1:1 - Stepanov (Yulbarisov, Щankin) - 39:41
2:1 - Aniskin (Suleymanov, Amirov) - 46:40

Darvozabonlar: Zakirov - Gryaznov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!