Xokkeychilarimiz jahon chempionatini "yondirmoqda"

  • 06.03.2026 20:22
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Xokkey

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U18) jahon chempionatida navbatdagi g‘alabani rasmiylashtirdi. III divizionning “A” guruhida qatnashayotgan yigitlarimiz bu gal bolgariyalik raqiblarini 5:3 hisobida dog‘da qoldirishdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin jamoamiz 11 ochko bilan birinchi o‘rinni mustahkam egalab turibdi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!