Xoland, Ronaldu, Keyn va Mbappe: To‘purarlar to‘qnashuvi avjida
2023 yilda eng ko‘p gol urish qaysi futbolchiga nasib qilishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Bu nomga da’vogar to‘rt futbolchi – Erling Xoland, Harri Keyn, Krishtianu Ronaldu va Kilian Mbappe tinimsiz to‘p kirityapti.
Chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuvida Erling Xoland “Leyptsig” darvozasini ishg‘ol qilib, yil boshidan beri urgan gollari sonini 50 taga etkazib oldi va ro‘yxatda yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
“Bavariya”da porlayotgan Harri Keyn norvegiyalik hamkasbinida bitta golga ortda qolmoqda. Bugun myunxenliklar Chempionlar ligasida “Kopengagen”ni qabul qiladi. Demak, Harri Keynda Erling Xolandga etib olish, balki undan o‘zib ketish imkoni ham bor.
Uchinchi o‘rinda borayotgan Krishtianu Ronaldu hisobida 48 ta aniq zarba bor. Kilian Mbappe esa, 47 ta gol bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar