Xoland "Borussiya"ni ikki yildan so‘ng tark etishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nemis media nashrlari xabariga ko‘ra, "Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xoland bir necha yildan so‘ng "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin.

Xoland MYuning qishdagi asosiy transfer maqsadiga aylangan edi, biroq u 20 million evro evaziga Bundesligaga yo‘l oldi.

Xabarlarga ko‘ra, norvegiyalik forvard va nemis klubi o‘rtasidagi shartnomada 2022 yildan boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Xolann "Borussiya" safida 18 yanvar kuni debyut qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!