
Xoland endi gol urolmaydi
Bundesliga to‘purarligi uchun Robert Levandovski va Patrik Shik bilan raqobatlashayotgan Erling Xoland endi o‘z hisobga gol yozdirib qo‘yolmaydi.
Bundesliganing 20-turida “Xoffenxaym”ga qarshi uchrashuvning 63-daqiqasida norvegiyalik hujumchi murabbiylar shtabidan uni almashtirishlarini so‘ragan.
Xolandning tibbiy ko‘rigi uning mushaklarida muammo borligini ko‘rsatdi. U davolanishi va ma’lum muddatdan so‘ng yana chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak, - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Bu Xolandning joriy mavsumdagi birinchi jarohati emas. Avval ham u ma’lum muddat davolanib, bir necha o‘yinlarni o‘tkazib yuborgandi.
21 yoshli hujumchi o‘zini tiklash uchun qancha vaqt kerak bo‘lishi keyinroq aniqlanadi. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 20 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 23 marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar