Xoland gol urishda Ronaldu, Messi va Mbappeni dog‘da qoldirdi

  • 3 iyul, 09:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati “Manchester Siti” uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan bo‘lsa-da, jamoa to‘purari Erling Xoland bu musobaqani unutmaydigan bo‘ldi.

Tecno

Statistika mutaxassislari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xolandning guruh bosqichining uchinchi turida “Yuventus” darvozasiga urgan goli norvegiyalik futbolchiga katta rekord olib keldi.

O‘sha kuni Xoland faoliyati davomida 370-uchrashuvda 300-golini urgan ekan. Bu marrani tez zabt etishda 24 yoshli futbolchi jahon futboli to‘purarlari Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Kilian Mbappeni ortda qoldi.

ESPN ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu uch yuzlik marrani zabt etishi uchun 554 ta, Lionel Messiga 418 ta va Kilian Mbappega 409 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

Ayni paytda Erling Xoland hisobida 371 ta bellashuvda kiritilgan 301 ta to‘p bor. Mohir hujumchi bu gollardan 20 tasini “Molde”da, 29 tasini “Zaltsburg”da, 86 tasini “Borussiya Dortmund”da, 125 tasini “Manchester Siti”da urgan.

Shuningdek, Xoland Norvegiya terma jamoasida safidagi 43 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 42 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!