Xoland har kuni shu ishni qiladi

  • 29.09.2022 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandning sobiq shaxsiy murabbiyi Eras Stinslid norvegiyalik to‘purar ovqatlanishga katta e’tibor qaratishini ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Xolandning kundalik taomnomasida tovuqli guruch, tuzsiz makaron va yog‘, baliqning bir necha turlari va mevalar o‘rin olgan. 22 yoshli hujumchi har kuni shu mahsulotlarni tanavvul qiladi.

- U doim bufetga yaqin yuradiganlar toifasidan. Har doim uning lagani taomga to‘la bo‘ladi, - dedi Eras Stinslid.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Erling Xoland “BOrussiya”da o‘ynagan kezlari 15 oy davomida 12 kilogramm semirgani aniqlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!