
Xoland jami nechta penalti tepganini va qancha gol urganini bilasizmi?
Chempionlar ligasining chorak finalida “Manchester Siti” futbolchilari Myuyonxenda “Bavariya” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 37-daqiqasida manchesterliklar to‘purari Erling Xoland penaltidan foydalana olmadi. Norvegiyalik hujumchi tepgan to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.
Statistika mutaxassislari Xolandning penaltilar bo‘yicha statistikasini hisoblab chiqishdi. Unga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi faoliyatini atigi uchinchi bor 11 metrlik nuqtadan to‘p kirita olmagan ekan.
Bungacha Xoland 2020-2021 yilgi mavsumda “Borussiya”da o‘ynab yurgan vaqtida ikki marta penaltidan gol ura olmagan.
Erling katta futbolda jami 36 marotaba nuqtadan zarba yo‘llab, shularning 33 tasini golga aylantira olgan.
Fikrlar