Xoland jamoa tanladi. Bu tez orada e’lon qilinadi
“Manchester Siti” rahbariyati “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland bilan kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, ko‘p gol uradigan hujumchiga ehtiyoj sezayotgan Xosep Gvardiola jamoasi norvegiyalik to‘purarga haftasiga 600 ming funt maosh va’da qilgan. Shu tariqa, 21 yoshli futbolchi Angliya premer-ligasida eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylanadi.
“Shaharliklar” Erlingga besh yillik shartnoma bergan va tomonlar o‘rtasidagi kelishuv haqida tez orada e’lon qilinishi aytilmoqda.
Xoland dortmundliklar safiga 2020 yilning boshida “Zaltsburg”dan kelib qo‘shilgandi. O‘shanda “Borussiya” Avstriya klubiga transfer uchun 20 million evro to‘lagan.
Xoland joriy mavsumda Bundesligida 20 ta uchrashuvda 18 ta gol urdi va ettita golli pas uzatdi.

Fikrlar