Xoland kelganidan keyin “Siti” yulduzi ketib qolmoqchi

  • 14 may, 2022, 11:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning hujumkor futbolchisi Rahim Sterling klub bilan yangi bitim bo‘yicha kelishuv imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti.

Tecno

Angliya terma jamoasi a’zosi hisoblangan bu futbolchiga “Arsenal” va “Tottenxem”dan tashqari Ispaniya hamda Italiya etakchi klublaridan qiziqish bo‘lgani aytilmoqda.

27 yoshli hujumchi “shaharliklar” safidan ketadigan bo‘lsa ham Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etadigan klubga o‘tmoqchi.

Raxim Sterling barcha turnirlarda 46 ta uchrashuv o‘tkazib, 17 ta gol va sakkizta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha manchesterliklar “Borussiya” to‘purari Erling Xoland bilan kelishuvga erishganini rasman e’lon qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!