Xoland Norvegiyaning nimchorak finalga chiqqanini izohladi

  • 01.07.2026 06:59
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Kot-d'Ivuar ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur bahsda g‘alaba golini aynan u kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

"Bu natija butun Norvegiya uchun qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rish juda yoqimli. Menimcha, bu mamlakatimizni butunlay o‘zgartiradi. Bu bizni yanada birlashtirmoqda va buni his qilish juda ta’sirli", — dedi Xoland.

Ma’lumot uchun, skandinaviyaliklar nimchorak finalda Braziliyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!