Xoland o‘ta qimmat narxga noyob mashina sotib oldi
“Manchester Siti” klubi va Norvegiya milliy terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland noyob Maybach Virgil Abloh avtomobili egasiga aylandi.
The Sun nashri ma'lumotiga koʻra, xarid narxi 400 ming funt sterlingni (460 ming yevro) tashkil qilgan.
Bu avtomobilning noyobligi shundaki, undan atigi 150 dona ishlab chiqarilgan, dizayni esa Louis Vuitton moda uyining marhum badiiy direktori tomonidan yaratilgan.
Xoland uchun bunday xaridlar oddiy hol.
Avvalroq u otasi bilan birga Norvegiya shaharlaridan biridagi kutubxonaga qiymati 130 ming dollardan ortiq boʻlgan haqiqiy tarixiy kitobni hadya qilgan.
Ma'lumotlarga koʻra, Xoland “Manchester Siti”da yilliga taxminan 31,5 million yevro maosh oladi va bu uni Yevropaning eng koʻp maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirgan.
Fikrlar