Xoland oyoғidagi jarohatni ko‘rsatdi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland ijtimoiy tarmoqlarda oyoğidagi jarohatni namoyish qildi.
Futbolchi joylagan suratda uning boldir qismida kesik borligi ko‘rinib turibdi. Ko‘rinishidan, ushbu jarohat butsa tishlari orqali yetkazilgan.
Xoland bu jarohatni kim yetkazganini ham hazilomuz tarzda ko‘rsatib o‘tdi. "Rahmat, Mateo Kovachich", — deb yozdi norvegiyalik hujumchi, yonida bosh barmoq ko‘tarilgan ishorani qo‘shgan holda.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni "Manchester Siti" Angliya kubogi 1/8 finalida mehmonda "Nyukasl"ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Erling Xoland ushbu o‘yin uchun jamoa qaydnomasiga kiritilmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, norvegiyalik futbolchiga bosh murabbiy Xosep Gvardiola "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi oldidan dam bergan.

Fikrlar