Xoland "Siti"dan qachon ketishi aytildi
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge o‘g‘li kelajakda qaysi ligalarda o‘ynashini ma’lum qildi.
Zamonaviy futbolning eng yorqin to‘purarlaridan biri hisoblangan Erling hozirgacha Norvegiya chempionatida “Bryune” va “Molde”, Avstriyaning “Zaltsburg” va Germaniyaning “Borussiya Dortmund” jamoalari sharafini himoya qilgan.
- Erling o‘z kuchini dunyoning eng zo‘r ligalarida sinab ko‘radi. Shuning uchun u har bir ligada uch-to‘rt mavsumdan qolishiga to‘g‘ri keladi.
Germaniyada ikki yarim yil o‘ynaganidan keyin Angliyada ham shuncha vaqt qolishi mumkin. Keyin Ispaniya, Italiya va Frantsiya chempionatlariga navbat keladi, - dedi Al-Inge Xoland.

Fikrlar