Xoland “Siti”ni tark etishga tayyor, oladigan bormi?

  • 13 oktabr, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland 2025 yilning yozida Angliya Preer-ligasini tark etishga tayyor. Bu haqida El Nacional nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, norvegiyalik to‘purar faoliyatida yangi sahifa ochmoqchi. Xoland “shaharliklar” safida o‘zi ishtirok etgan deyarli barcha nufuzli musobaqalar bosh sovrinini qo‘lga kiritib bo‘ldi.

Erling Xolandni PSJ o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor. Parijliklar o‘tgan yoz jamoadan ketib qolgan Kilian Mbappening o‘rnini to‘ldirish uchun Xoland transferiga pulni ayamaydi.

Lekin Erlingning o‘zi faoliyatini “Real” yoki “Barselona”da davom ettirishni rejalashtiryapti. O‘z navbatda, ispan grandlari ham 24 yoshli forvardni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga qarshi emas.

Bugungi kunda Erling Xoland jahonning eng qimmat ikki o‘yinchisidan biri hisoblanadi. Transfermarkt portali ekspertlarni uni 200 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
14/10/2024 11:29
Sitida qolgani maqul