Xoland tarixdagi eng qimmat futbolchiga aylanishi mumkinmi?

  • 23.04.2020 17:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik mashhur hujumchi Kristian Veri “Borussiya” Dortmund forvardi Erling Xolandning kelajagiga yuqori baho berdi.

“Xoland - hozirgi yosh futbolchilar orasida eng zo‘ri. U “Borussiya”ga o‘tib to‘g‘ri qildi. Chunki, bu yosh futbolchilarning rivojlanishi uchun eng yaxshi jamoa. Yana bir necha yildan so‘ng Xoland 200-300 million evroga kuchli jamoaga o‘tadi”, - deydi Veri.

Hozircha futbol tarixidagi eng qimmat transfer Neymarga tegishli bo‘lib turibdi. U 2017 yil “Barselona”dan PSJga 222 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!