Xoland uchun eng munosib jamoa qaysi?

  • 18.05.2020 14:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello “Borussiya” Dortmund hujumchisi Erling Xolandga munosib jamoa qaysi ekanligini aytdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Kapelloning 19 yoshli norvegiyalik futbolchi uchun “Liverpul” eng yaxshi jamoa hisoblanadi. Uning fikricha Xoland aynan Yurgen Klopp qo‘l ostida o‘zining yuqori darajadagi o‘yinini ko‘rsatishi mumkin.

Xoland “Borussiya” safiga qishki transferlar davrida ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan vaqt ichida 12 ta o‘yinda raqiblari darvozasiga 13 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!