Xoland uchun kurashda "Real"ga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

  • 06.01.2022 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” Dortmund klubi hujumchisi Erling Xolandning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

Bild nashri xabariga qaraganda, norvegiyalik to‘purar uchun kurashga Londonning "Chelsi" klubi ham qo‘shilishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, endi "aristokratlar" hujumchini qo‘lga kiritish uchun "Real" va "Borussiya" bilan raqobatlashishga tayyor.

Qayd etilishicha, London klubining Xolandga bo‘lgan qiziqishi Romelu Lukaku bilan bo‘lgan shov-shuvli intervyudan keyin boshlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!