Xoland va “Borussiya” o‘rtasida kelishmovchilik boshlandi
“Borussiya” to‘purari Erling Xoland klub unga bosim o‘tkazayotganidan noroziligini bildirdi. Dortmundlik mutasaddilar unga darrov javob qaytardi.
- “Borussiya” menga bosim o‘tkazyapti. Ular keyingi mavsum borasida hozirdan bir qarorga kelishimni talab qilyapti. Men hozir faqat futbol o‘ynashni istayman xolos. Bunaqa tezroq qaror qabul qilishga majbur bo‘laman. Avval klub hurmatidan kelajagim haqida gapirmasdim, - dedi Erling Xoland.
Norvegiyalik to‘purarni bayonotiga javoban “Borussiya” direktorlari kengashi raisi Xans-Yoaxim Vattske shunday dedi:
- Erling – g‘aroyib odam. Uning erkalik qilishi yarashadi. Lekin u ham klubning unga nisbatan siyosatidan xabardor bo‘lishi kerak. Biz uning javobini may oyi oxirigacha kuta olmaymiz.
21 yoshli hujumchi joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda 15 ta gol va beshta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar