“Barsa”dan muxlislarga katta syurpriz!

  • 6 oktabr, 2024, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniya superklubi kelasi yoz katta transferlarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘radi.

Tecno

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” xo‘jayinlari yozda “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Biroq norvegiyalik to‘purarni olish katta qiyinchilik tug‘dirishi hozirdan ma’lum. Agar bu transfer o‘xshamasa, klub bor e’tiborini Neymarni olib kelishga qaratadi.

Sport.es saytining yozishicha, kataloniyaliklar Neymar jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytira oladi, deb hisoblamoqda. Qolaversa, braziliyalik yuluzning yozda shartnomasi tugaydi. Neymar saudiyaliklar bilan hamkorlikni uzaytirmasligini ma’lum qilgan.

32 yoshli Neymar 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etmoqchi. Uning o‘zi agar “Barselona”da to‘p tepsa, Braziliya terma jamoasidan taklif olishi oson bo‘lishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!