Xolandda Angliya terma jamoasi uchun o‘ynash huquqi bor edi

  • 12 noyabr, 2022, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatini oddiy tomoshabin sifatida kuzatadi.

Tecno

Vaholanki, 22 yoshli hujumchida Angliya terma jamoasi safida mundialda qatnashish imkoni bo‘lgan. Chunki Erling Lids shahrida tug‘ilgan. O‘sha paytning uning otasi Alf-Inge “Lids” jamoasi o‘yinchisi edi.

Erling uch yoshga to‘lganida oilasi Norvegiyaga qaytib ketadi va kelajakda Xoland Norvegiya terma jamoasini tanlashiga to‘g‘ri keldi. Bu jamoa safida 23 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 21 marotaba ishg‘ol qildi.

- Umumiy hisobda, men Angliyada uch yarim-to‘rt yil yashaganman. Norvegiyada esa uzoqroq yashaganim uchun, tabiiyki aynan mana shu mamlakat terma jamoasini tanladim. Agar otam Angliyada uzoqroq o‘ynaganida hozir vaziyat qanday tus olishi mumkinligini hech kim bilmaydi. Balki men ham ingliz bo‘lib ketarmidim. Lekin men norvegiyalikman va bundan faxrlanaman, - dedi Erling Xoland.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!