
“Siti”: Xolandning transferi bilan to‘xtamaymiz!
“Manchester Siti” rahbariyati bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning orzusini ro‘yobga chiqarib, ko‘p gol urishga qodir to‘purar hujumchi – Erling Xoland transferini ijobiy hal qildi.
Shunga qaramay, “shaharliklar” yozda yana ikkita transferni mo‘ljallamoqda.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, Xosep Gvardiola jamoaning ikki nozik nuqtasi – chap qanot himoyachi va tayanch zonaga kuchli ijrochilar olib kelishni rejalashtirmoqda.
“Manchester Siti” Angliya premer-ligasida navbatdagi chempionlikni nishonlashga yaqin turibdi. Biroq, Gvardiolaning asosiy maqsadi Evropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish hisoblanadi.
Fikrlar