Xolandga gol urishni kim o‘rgatgan?

  • 10 oktabr, 2022, 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning asosiy to‘purariga aylangan Erling Xolandga ustoz sifatida ayrim narsalarni o‘rgata olmasligini tan oldi.

Tecno

- Erling gol urgan vaziyatlarda kerakli joyda paydo bo‘ladi. Nega to‘p, u turgan joyga keladi? Bu g‘aroyib instinkt.

Buni men unga o‘rgata olamanmi? Men Xolandga qachon va qaerda paydo bo‘lishni qanday o‘rgatay?

Xolandda hujumchi sifatida gol sezish qobiliyatida juda yaxshi rivojlangan va to‘p qaerga kelishini oldindan sezadi. Agar bir soniya shoshilsa, to‘p u erda bo‘lmaydi. Bu uning tug‘ma qobiliyati. Murabbiy o‘rgata olmaydi.

Erling bu ishni Norvegiya, Avstriya va Germaniyadagi faoliyatida ham uddalagan. U sezgilariga tayanib harakat qiladi, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!