Xolandning otasi "Real"ni tanladi. Biroq...
"Borussiya" Dortmund yulduzi Erling Xolandning kelajagi mavhumligicha qolmoqda. U hamon qaysi klubga o‘tishi borasida bir qarorga kelmadi.
"El Chiringuito" nashri jurnalisti Xose Alvaresning xabar berishicha, Mino Rayola o‘z mijozini "Barselona"da to‘p tepishini istayapti. Biroq Alf-Inge Xoland o‘g‘lining "Real"ga o‘tishini taniqli futbol agentidan talab qilmoqda.
Bu mavsumda 21 yoshli forvard "asalarilar" safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylangan.
Ma’lumot o‘rnida, Xoland jarohati sababli 2022 yilning 22 yanvaridan buyon maydonga tusha olmayapti.

Fikrlar