Asosiy mazmunga oʻtish

Xolandning xet-triklari ko‘payib ketdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uni to‘xtatib bo‘lmayapti

“Manchester Siti” Angliya kubogi chorak finalida kuchli raqib – “Liverpul”ni yirik hisobda mag‘lub etdi va musobaqaning yarim finaliga chiqdi.

Bu o‘yinda mersisaydliklar darvozasiga kiritilgan to‘rtta goldan uchtasi “shaharliklar”ning   norvegiyalik superforvardi Erling Xoland hisobiga yozildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu uning “Manchester Siti” tarkibidagi 12-xet-triki sifatida qayd etildi. Xoland Manchester jamoasiga 2022 yilning yozida Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klubidan o‘tgan.

Qiziq jihati shundaki, shu vaqt ichida u Angliyaning asosiy hujumchisi Harri Keyndan ham ko‘proq xet-trik amalga oshirdi. Keyn hisobida Angliya maydonlarida kiritilgan 11 ta xet-trik bor.

Ayni payt ingliz hujumchisi hozir o‘z yurtida emas, balki Germaniya Bundesligasida o‘ynamoqda. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q