"Xorazm" futbolchisi O'zbekiston terma jamoasiga chaqirildi

  • 05.05.2026 14:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Xorazm" professional futbol klubi futbolchisi Diyor Ortiqboev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yigʻiniga chaqiruv oldi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.

FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida oʻtkazilayotgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari hamda xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlarida Diyor Ortiqboev terma jamoa sharafini himoya qiladi.

Maʼlumot uchun: terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Xorazmda boʻlib oʻtgan "Xorazm" – "Neftchi" uchrashuvini stadiondan bevosita kuzatib borgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!