Xorxe Fossati: Men ham o‘z jamoamda "Paxtakor" uslubini joriy qilmoqchiman

  • 12 mart, 2019, 20:11
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Alohida qayd etish joiz, o‘yin qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tdi. “Paxtakor” uchun yangi mavsum boshlanmoqda va raqib joriy yilda 4 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi. Men kelganimdan buyon 8 ta o‘yin o‘tkazdik va futbolchilarimning jismoniy holati haqida ham o‘ylashimiz kerak edi.

Tecno

Dastlabki 10 daqiqa yaxshi harakat qildik, to‘pa egalik qilish borasida ham ancha yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etik. Ammo shundan so‘ng tashabbusni raqibga berib qo‘ydik.

Ikkinchi bo‘lim ham deyarli shu ssenariy ostida kechdi. O‘yin oldidan bizda gol kiritish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lamiz deb o‘ylagan edim, biroq “Paxtakor” ham kuchli futbol ko‘rsatdi.
Hakamlik? Hakamlarni muhokama qilish mening vazifamga kirmaydi va bu borada biror narsa deya olmayman.

Darvozabonning qilig‘i? Men turgan joydan bu holat ko‘rinmadi v anima sababdan Alovaisning sariq kartochka olganligini tushunmadim. Balki to‘pni olib keluvchi bolakay to‘pni atayin kech olib kelgan bo‘lishi mumkin.

“Paxtakor” – tashkiliy jihatdan juda yaxshi shakllanib bormoqda. Bugungi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida “Eyr Fors” va “Persepolis”ga qarshi o‘yinlarini tomosha qildim va tartibli jamoa ekanligiga guvoh bo‘ldim. Men ham o‘z jamoamda “Paxtakor” uslubini joriy qilmoqchiman", - dedi Fossati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдумурод Исраилов
12/03/2019 20:34
Пахтакор мухлисларини ва узимни ушбу галаба билан табриклайман кейинги уйинда хам омад ёр булсин (узокдан зарбаларни купрок бериш керак).
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
12/03/2019 22:49
Paxtakorga yana xavas qilishni boshlashdi.
Uraaa!!
Olg'a Paxtakor!