
Xorxe Sampaoli yana La Ligaga qaytishi mumkin
Braziliyaning “Santos” klubi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli yaqin vaqtlar ichida Evropaga qaytishi mumkin.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra La Liga klublaridan biri 59 yoshli argentinalik mutaxasissga yiliga 3 mln evro maosh taklif qilgan. Ushbu jamoa “Betis” yoki “Selta” bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
O‘z navbatida Sampaoli ushbu taklifni qabul qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Sampaoli “Santos”ni o‘tgan yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. U bungacha Chili va Argentina terma jamoalarini hamda “Sevilya” klubini boshqargan.
Fikrlar