Xosep Gvardiola: "Silva ketadi, o‘rniga boshqa futbolchi sotib olmaymiz"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Filip Foden haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Fil - ajoyib futbolchi, ammo u o‘sishda davom etishi kerak. Ba’zi narsalar uchun vaqt kerak bo‘ladi. Shunday ekan sabr-toqatli bo‘limishiz kerak.

David Silva mavsum oxirida ketadi va uning o‘rniga xech kim kimni sotib olmoqchi emasmiz, chunki bizda Foden bor.

Foden mavsumni qancha maydonda harakat qilishini bilmayman, ammo unga ishonamiz. Agar ishonmaganimizda biz transfer bozoriga kirgan bo‘lar edik.

U Silvaga munosib o‘rinbosar bo‘la oladi. Unga jamoada raqobatdosh futbolchilar topilishi ham mumkin. Ular Kevin de Bryuyne,Gyundugan va Bernardu Silva kabi etakchi futbolchilar bo‘lishi mumkin.

Fil maydonda etarlicha harakat qilmoqda. Agar bizda jarohatlar soni ortib ketadigan bo‘lsa, unda u maydonga yanada ko‘proq tushishi mumkin", - deya aytib o‘tdi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!