
Xotam Boynazarovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum!
20 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida "UAE Warriors 46" turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida hamyurtimiz Xotam Boynazarov xam oktagonga ko‘tariladi.
U belgiyalik Rustem Serbievga qarshi jang qiladi. Ushbu bahs yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. Avval xabar berganimizdek, ushbu kechada yana bir yurtdoshimiz Bobur Qurbonov ham tojikistonlik Samandar Murodovga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Ma’lumot uchun, Boynazarovning rekordi 7-0 bo‘lsa Serbievniki 10-3 ko‘rinish olgan.
Fikrlar