Xotinim ko‘nsa, Argentinga qaytaman!
Argentinalik hujumchi Lautaro Martines hozirda “Inter” jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biri hisoblansa-da, ammo uning yuragi hali ham oʻz yurtidagi “Rasing” klubi bilan bogʻlangan.
Hujumchi 2018 yilda Argentinaidan ketib, “Inter” safiga qoʻshilgan. Shunday boʻlsa-da, u “Rasing” muxlislari uchun hali ham afsonaviy futbolchi boʻlib qolmoqda va kelajakda Martines yana qadrdon jamoasiga qaytishni orzu qilayotganini tasdiqladi.
Martines oʻz faoliyatini “Rasing”da boshlagan va 62 ta oʻyinda 27 ta gol urib, muxlislarining sevimli oʻyinchisiga aylangan. 2018 yilda Lautaro katta transfer orqali “Inter”ga oʻtgan.
Hozirda 26 yoshli hujumchi A Seriyada eng samarali futbolchilardan biri boʻlib, jamoasining chempionlik uchun kurashda muhim figura hisoblanadi.
Italiyadagi faoliyati yuqori darajada oʻtayotganiga qaramay, Lautaro oʻz vatani bilan bogʻliqlikni saqlab qolgan. Biroq Argentinga qaytish faqat futbolchining oʻzigagina bogʻliq emas. Argentina radiosiga bergan intervyusida Martines bu masalada oila muhim rol oʻynashini hazil aralash taʼkidladi:
- “Rasing”ga qaytish — mening orzum. Men xotinimni koʻndirishga harakat qilyapman, u meni qoʻllab-quvvatlaydi, deb umid qilaman. Albatta, bu koʻp narsalarga bogʻliq: oilaviy holat va jismoniy holatimga ham. Ammo mening orzum — bir yilgina boʻlsa ham “Rasing”da toʻp tepishdan iborat, - dedi Lautaro Martines.
“Inter” bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha davom etishini aytgan Martines hozircha Italiyada qolish niyatida ekanini bildirdi:
- Menda “Inter” bilan yana uch yillik shartnoma bor. Men uzoq vaqt yuqori darajada oʻynashni xohlayman. Ūzimni yaxshi his qilyapman va hali yoshman. Lekin kelajakda bolalarimga “Rasing” muxlislarining menga boʻlgan muhabbatini koʻrsatmoqchiman, - dedi Martines.
U shuningdek, “Rasing” klubi prezidenti va “Inter” afsonasi Diego Milito bilan aloqasi haqida ham gapirdi:
- Biz har hafta gaplashib turamiz. U mening kareram boshidanoq yonimda boʻlgan. Jarohat olganimda ham yozgan. “Rasing” hozir yaxshi holatda emas, lekin men unga qoʻllab-quvvatlayman, - dedi Lautaro.
Fikrlar