Xulian Al’vares: "Hamma Messining dunyodagi eng yaxshi futbolchi ekanini ko‘rib turibdi"
Muhammadqodir Ruzmatov
Messi Avstriyaga qarshi bahsda dubl qayd etib, Argentinaning 2:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Al’vares Avstriya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin jamoa sardori Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Bu yerda ortiqcha gapning hojati yo‘q. Hamma uning dunyodagi eng yaxshi futbolchi ekanini ko‘rib turibdi. Men esa jamoaga qo‘limdan kelganicha yordam berishga harakat qilaman. Biz turnirni yuqori sur’atda boshladik va shu ruhda davom etishimiz", — dedi Xulian Al’vares.
Messi Avstriyaga qarshi bahsda dubl qayd etib, Argentinaning 2:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Ushbu natija orqali amaldagi jahon chempionlari muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Izohlar (0)