Xulian Al’varesda ikkita variant qoldi

  • 27.08.2026 16:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares oʻz faoliyatini davom ettirish boʻyicha ikkita variantga ega boʻlib qoldi. Ulardan biri  Angliyaning amaldagi chempioni “Arsenal”dir.

Avvalroq, yozda “Atletiko” rahbariyati “Real”ning Alvaresni sotib olish boʻyicha taklifini rad etgan va Xulian ga qiziqish bildirayotgan “Barselona”ning harakatlariga ham toʻsqinlik qilishda davom etgan. “Barselona” futbolchining oʻzi uchun eng maqbul yoʻnalish hisoblanadi.

- Gap pulda emas, gap qadr-qimmatda. Futbolchini jabrlangan tomon sifatida koʻrsatishmoqda, ammo Xulian bilan bogʻliq vaziyatdagi yagona jabrlangan tomon — biz.

Ular bizga iqtisodiy va ijtimoiy zarar yetkazishdi. Uni “Barsa”ga sotish ehtimoli 0 foiz.

Koʻplab yolgʻonlar va yarim haqiqatlarga asoslangan kampaniya olib borilmoqda. Buning oqibatini faqat “Atletiko” toʻlamoqda, - dedi “Atletiko” rahbari.

Shu bilan birga, “Atletiko” Alvaresni “Arsenal”ga sotish imkoniyatini istisno qilmayapti. Shu sababli yozgi transfer oynasining qolgan kunlarida Argentina terma jamoasi hujumchisi tanlov qilishiga toʻgʻri keladi.

Sky Sports maʼlumotiga koʻra, 25 yoshli Alvares yo “Atletiko”da qoladi, yoki “Arsenal”ga oʻtadi. Biroq “kanonirlar” faqat Xulian ning oʻzi Premer-liga chempioni tarkibiga qoʻshilish istagini bildirgan taqdirdagina rasmiy taklif kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!