
Xushxabar! Boks turnirlarining translyatsiya narxi pasayishi mumkin
Turki al-Shayx boks turnirlarining PPV translyatsiyalari narxini pasaytirish niyatida ekanini aytdi.
"Turnirni translyatsiya qilish uchun bunday narxlarni ko‘rganimda, ko‘pchilik janglarni noqonuniy tomosha qilishni afzal ko‘rishini tushundim. Saudiya Arabistonidagi turnirlarimizni translyatsiya qilish narxi Angliyada 20 funt(330 ming so‘m), butun dunyo bo‘ylab 20 dollardan (251 ming so‘m) kam bo‘lishini ta’minlashga harakat qilaman. 500 mingdan kam odam 40 funt sterling (660 ming so‘m) sarflagandan ko‘ra, men bir million muxlisning ro‘yxatdan o‘tishini va 20 funt(330 ming so‘m)ga strim sotib olishni afzal ko‘raman. Yaxshi janglar muxlislar sonini ham ko‘paytiradi. Bivol va Beterbiev jangiga kelsak, uning Buyuk Britaniyada translyatsiya narxi 15 funt sterling(248 ming so‘m)ni, butun dunyo bo‘ylab esa 15 dollar(188 ming so‘m)ni tashkil qiladi", - deya Turkining so‘zlarini keltirdi talkSPORT portali.
Fikrlar