Xushxabar! KXDRga qarshi uchrashuv qahramoni safga qaytdi

  • 7 sentabr, 2024, 19:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Srechko Katanets boshchiligadagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasidagi navbatdagi o‘yin oldidan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. 

KXDRga qarshi bahsda penaltini qaytarib, qahramonga aylangan O‘tkir Yusupov bugun safga qaytdi. Terma jamoamiz posboni kichik jarohati sabab kechagi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, "oq bo‘rilar" navbatdagi bellashuvni 10 sentyabr kuni safarda Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!