Xushxabar! Legionerimiz safga qaytdi

  • 29 mart, 2024, 20:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va Qozog‘istonning "Ordabasi" klubi hujumkor yarim himoyachisi Shahboz Umarov mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqida Chimkent klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Umarov Qozog‘iston chempionati 2-turidan o‘rin olgan "Atirau"ga qarshi bahsining 14-daqiqasida jarohat olgan edi. Legionerimiz ushbu uchrashuvdagi jarohatidan so‘ng ilk bora maydonda mashg‘ulot o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli vakilimiz Qozog‘iston chempionatida ikki o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!