
Xushxabar! Vitaliy Denisov mashg‘ulotlarga qaytdi
Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyi Yuriy Syomin hamyurtimiz Vitaliy Denisov umumiy guruh mashg‘ulotlariga kirishganini aytib o‘tdi.
“Barcha keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Vitaliy Denisov ham umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Biroq u tayyorgarlik darajasini oshirishi lozim. U keyingi o‘yinimizda ishtirok etmaydi.
Vedran Chorluka esa individual tarzda mashg‘ulot olib bormoqda”, – deb aytib o‘tdi “temiryo‘lchilar” ustozi.
Ma’lumot uchun, Denisov o‘tgan mavsum jarohat olgan edi va iyun oyi so‘nggida operatsiya qilingan edi.
Fikrlar