Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Hyoness: «Virts «Bavariya»da «Liverpul»dagidan ancha yaxshiroq o‘ynardi»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Uli Hyoness Florian Virts «Bavariyaga emas, «Liverpul»ga o‘tganidan afsuslanib, uning yangi jamoasida to‘liq ochilmayotganini aytdi.

«Bavariya»ning faxriy prezidenti Uli Hyoness Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Florian Virts Myunxen klubiga o‘tishdan bosh tortib, Angliyaga yo‘l olganidan afsusda ekanini bildirdi.

«Florian Virts «Bavariya»da «Liverpul»dagidan ancha yaxshiroq o‘ynardi. Uning ko‘plab uchrashuvlarini tomosha qilaman. «Liverpul»da uni jamoa o‘yinigа to‘liq moslashtira olishmadi. «Bayer»da unga doimiy ravishda to‘p yetkazib berishardi, «Liverpul»da esa u ko‘plab futbolchilardan biri, xolos», — dedi Hyoness Welt am Sonntag nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning yozida «Liverpul» Virtsni «Bayer»dan sotib olish uchun 125 million yevro to‘lаgan. Shundan beri germaniyalik futbolchi Angliya klubi safida 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Joriy mavsumda esa Virts 10 ta o‘yinda faqat bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q